#mening_konstitutsiyam
📌 «Konstitutsiya — meniki, seniki, bizniki, o’zimizniki!» mavzusida seminar-trening o’tkazildi.
⚡️Avtomobil transporti muhandisligi fakultetida talaba-qizlar bilan universitet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengashi raisi F.I. Mamurova, Psixolog R.R. Baratova, Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti Xotin-qizlar kengashi yetakchisi G.P. Niyazova, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.F Ashurov va tyutor G.U. Kilichevalar bilan «Konstitutsiya — meniki, seniki, bizniki, o’zimizniki!» mavzusida seminar-trening o’tkazildi. F.I. Mamurova talaba-qizlarning bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan tadbirlar rejasi haqida gaplashdi. Talabalarni qaysi yo‘nalishlarda tadbirlar tashkil qilish va tadbirni qanday tashkillashtirish haqida talaba-qizlarning fikrlari o‘rganildi. Berilgan takliflar inobatga olinib, ish yuritishga kelishib olindi.
❇️ Tadbir so‘nggida faol talaba-qizlarimizga va tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirildi.