#amaliy_talim
#AvtTM
📌 Talabalar suv taqsimlash korxonasida labaratoriya mashg’uloti o’tadilar.
⚡️Avtomobil transporti muhandisligi fakultetining EAM-4, EAM-4a guruhlari Gidravlika fanining gidrometriya qismida daryo va o’zanlarda suv oqimlari, oqim yo’nalishi, oqim tezligi va suv sarfini aniqlash bo’yicha laboratoriya mashg’uloti tashkil qildilar. Mashg’ulot G’azalkent shahridagi suv taqsimlash korxonasida o’tkazdilar. O’tkazilgan amaliy mashg’ulot davomida talaba-yoshlar nazariy bilimlarini amalda qo’llab ko’rdilar va o’z tajribalarini oshirdilar.