#amaliy_talim
#XTD
📌 Nazariy bilim amalda mustahkamlanmoqda.
⚡️ Joriy yilning 3-aprel kuni Xalqaro ta’lim dasturlari fakultetida 2+2 Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida ta’lim olayotgan 15B-21 guruh talabalari uchun Toshkent shahridagi mavjud ko‘prik inshootlar qurilish maydonlarida ochiq dars o‘tkazildi. Dars mashg‘ulotlari Belarus milliy texnika universitetidan tashrif buyurgan N.I. Shishko va universitet professor-o‘qituvchilari M. Miralimov, T. Rajabovlar hamkorlikda tashkil etildi. Tashkil etilgan ochiq darsda o‘qituvchilar o‘rtasida malaka almashinuvi va inshootlar, ko‘prik inshootlarining turlari, transport qurilishida foydalaniladigan yo‘l o‘tkazgich va yo‘l o‘tkazgichlar haqida talabalarga gapirib berdilar hamda O‘zbekistonda ko‘prik qurilishining shakllanish tarixi bilan o‘rtoqlashdilar.
✅ Ochiq dars barcha texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilingan holda o‘tkazildi va talabalarda o‘z sohasiga nisbatan katta qiziqish uyg‘otdi.