Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Universitet

faxriy_tengdosh

📌 Yekaterinburgda o’tkazilgan «Legend Challenge Games-2023» Xalqaro turnirida universitet talabasi ishtirok etgan jamoa faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritdi.

⚡️Yekaterinburgda «Legend Challenge Games-2023» Xalqaro musobaqalari bo’lib o’tdi. Bu gimnastikaning to’rtta asosiy turini birlashtirgan noyob turnir: sport akrobatikasi, sport aerobikasi, sport gimnastikasi va badiiy gimnastika. Rossiya, Belarus, Armaniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Xitoy, Moldova, Mo’g’uliston, Suriya, Turkmaniston, O’zbekiston Respublikalari va boshqa mamlakatlardan ikki ming nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi. Quvonarlisi shundaki, turnirda Toshkent davlat transport universiteti Iqtisodiyot fakulteti tyutori E. Rustamovning RIQ-2 akademik guruhi 1-bosqich talabasi Bahodirov Behruz ham faol ishtirok etib, faxrli 3-o’rinni egalladi. Legend-2023 Challenge o’yinlarida medal bilan bizning akrobatlarimiz uyga qaytmoqdalar. Erkaklar guruhi: Abdurahmonov Islom, Bahodir Behruz, Turgunov Hasan, Nematov Javohir 3-o’rinni egalladi.

❇️ Barcha sportchilarimizni va ularning ustozlarini ushbu natijalar bilan tabriklaymiz va yangi startlarda katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.