Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Talabalik bahori festivali start oldi

#talabalik_bahori_2023

📌 Aviatsiya transporti muhandisligi fakultetining «Talabalik bahori» festivali o’tkazildi.

⚡️Ushbu festivalga ushbu yil biroz o’zgartirishlar kiritilgan holda yangiliklarga boy tarzda o’tkazildi. Fakultetning iqtidorli, intiluvchan talaba-yoshlari 6 shart bo’yicha o’z chiqishlarini namoyish etishdi:
1️⃣ Salomlashuv;
2️⃣ Maqom;
3️⃣ Ommaviy raqs;
4️⃣ Sahna ko’rinishi;
5️⃣ Folklor;
6️⃣ Cholg’u asboblarida kuy chalish va konkursdan tashqari chiqishlar.

🎗 Festivalni ochib berish uchun so‘z Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Baratov Dilshod Xamidullayevichga berildi.
Faol ishtirokchi talaba-yoshlardan: Lyaxova Anglina ishtirokida raqs, “Mirzo Ulug‘bek tragediyasi” dan 4-parda namoyishi, kulguga boy sahnada “News Stars” jamoasi, “Qoraqalpoq elida to‘y” nomli folklori kabi qiziqarli va go’zal sahna asarlari namoyish etildi.

❇️ Bir-biridan go’zal va ko’taringki ruhda ajoyib chiqishlarni taniqli san’atkorlar baholab borishdi:
O’zbekiston xalq artisti — Sultonova Rushana;
Muqimiy nomidagi O’zbekiston davlat musiqiy teatri aktyori — Umid SHodmonov;
Zamonaviy estrada va o’zbek xalq qo’shiqchisi — Nodirbek Lutfullayev;
O’zbek davlat drama teatri direktori o’rinbosari, kino aktyor — Sardor Mansurov.

📝 Umumiy hisobda Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti jamoasi 257 ballni qo’lga kiritishdi. Ularga omad tilab qolamiz!

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.