Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Men befarq emasman!

#befarq_emasman

📌 Adliya vazirligi bilan hamkorlikda “Men befarq emasman” shiori ostida “Targ‘ibot poyezdi” o‘tkazildi.

⚡️Referendum jarayoniga puxta va yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rish, hududlarda aholining, ayniqsa yoshlarning mazkur siyosiy tadbirda faol ishtirok etishi bilan bog‘liq keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini tashkil etish hamda ularning huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshirish maqsadida joriy yilning 5-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Toshkent davlat transport universiteti tomonidan “Men befarq emasman” shiori ostida “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi o‘tkazildi.

❇️ Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti “Fuqarolik huquqi” kafedrasi professori J.I. Babayev va “Men befarq emasman” shiori ostidagi targ‘ibot poyezdi loyihasi ishtirokchilari I.Sultanmuratov, A.To’xtayeva va A.To’rayevlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Loyihaning maqsadi – aholining, ayniqsa yoshlarning referendumga oid bilimlarini rivojlantirish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik, ijtimoiy va siyosiy islohotlarga faol jalb qilishdan iborat bo’ldi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.