#referendum_2023
#AYM
📌 Mahalla bilan hamkorlikda “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki” shiori ostida tadbir o’tkazildi.
❇️ Toshkent davlat transport universiteti Avtomobil yo’llari muhandisligi fakultetining faollari “Istiqlolobod” nomli mahallasida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki” shiori ostida tadbir o’tkazdilar.
✅ Tadbirda universitetimiz “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dosenti R. Baratov o’zining ma’ruzasi bilan ishtirok etib, barchani joriy yilning 30-aprel kunida o’tkaziladigan referendumda faollikka chorladi. Konstitutsiyaviy jarayonlarda yoshlarning ishtiroki, ayniqsa, takliflarning ko‘p qismi aynan yoshlar tomonidan yuborilishi e’tiborga loyiqdir. Yangilanayotgan konstitutsiyaga yoshlarning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy huquqlarining muhofazasini ta’minlash, o‘z huquq va erkinliklarini himoya qilish kabi yangi qonunlar kiritilganligi haqida mahalla fuqarolariga qiziqarli ma’lumotlarni yetkazdi.