Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Amaliyot va nazariya

#amaliy_dars
#AvtTM

📌 “Krantas Group” korxonasida amaliy dars o’tkazildi.

⚡️ Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti “Avtomobilsozlik va ishlab chiqarish muhandisligi” kafedrasida 14-19 va MSAT-1 guruhlarining iqtidorli talabalari bilan “Krantas Group” korxonasida olib borilgan uchrashuvda kafedra mudiri R.M. Xakimov, t.f.n.dotsent G.K. Ubaydullayev, dotsent R.R. Xakimzyanov, katta o’qituvchi N.T. Ergashev, assistent S.R. Shadiyev hamda talabalar ishtirok etishdi.

📝 Tashrifning maqsadi korxona bilan doimiy aloqalarni mustahkamlash va talabalarni ishlab-chiqarish korxonasi bilan tanishtirishdan iborat. Shu maqsadda “Avtomobilsozlik va ishlab chiqarish muhandisligi” kafedrasi “Krantas Group” korxonasi bilan talabalar uchun ekskursiya tashkil qilindi. Tashrif davomida asosan talabalarning amaliyotlarini shu korxonada o’tkazish masalalari, ilm fan va ta’lim o’rtasidagi integratsiyani chuqurlashtirish va korxonadagi bo’sh ish o’rinlarini malakali bitiruvchilar bilan to’ldirib borish masalalari ko’rildi.

✅ Tashrif davomida kafedra mudiri va tashkilotning ma’sul xodimlari bilan talabalarning yozgi amaliyotlarini shu korxonada tizimli o’tkazish masalalari ham kelishib olindi. Ishlab chiqarish, ilm-fan va ta’lim o’rtasida integratsiyani chuqurlashtirish maqsadida ilmiy-texnik yo’nalishdagi muammolarni o’rganish borasida ham kelishuvlar amalga oshirildi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.