Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Talabalik bahori — 2023

#talabalik_bahori_2023

📌 Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakultetining «Talabalik bahori» festivali o’tkazildi.

⚡️Ushbu festivalga ushbu yil biroz o’zgartirishlar kiritilgan holda yangiliklarga boy tarzda o’tkazildi. Fakultetning iqtidorli, intiluvchan talaba-yoshlari 6 shart bo’yicha o’z chiqishlarini namoyish etishdi:
1️⃣ Salomlashuv;
2️⃣ Maqom;
3️⃣ Ommaviy raqs;
4️⃣ Sahna ko’rinishi;
5️⃣ Folklor;
6️⃣ Cholg’u asboblarida kuy chalish va konkursdan tashqari chiqishlar.

🎗 Festivalni ochib berish uchun so‘z Toshkent davlat transport universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Shaumarov Said Sanatovichga berildi. Faol ishtirokchi talaba-yoshlar ishtirokida raqs, Maqsud Shayxzoda hayoti aks etgan namoyish, kulguga boy sahnada fakultet Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari X. Jumanov ishtirokidagi «Stand Up» shousi, turli milliy o’yinlarimizni aks ettirgan sahna — folklor, Vatanga muhabbat hissini uyg’otuvchi harbiy sahna kabi qiziqarli va go’zal sahna asarlari namoyish etildi.

❇️ Bir-biridan go’zal va ko’taringki ruhda ajoyib chiqishlarni taniqli san’atkorlar baholab borishdi:
O’zbekiston xalq artisti — Sultonova Rushana;
Muqimiy nomidagi O’zbekiston davlat musiqiy teatri aktyori — Umid SHodmonov;
Zamonaviy estrada va o’zbek xalq qo’shiqchisi — Nodirbek Lutfullayev;
O’zbek davlat drama teatri direktori o’rinbosari, kino aktyor — Sardor Mansurov.

📝 Umumiy hisobda Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti jamoasi 230 ballni qo’lga kiritishdi. Ularga omad tilab qolamiz!

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.