Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Yangi O‘zbekiston yoshlari!

#osh_chempionati
#AvtTM

📌 “Yangi O‘zbekiston yoshlari” shiori ostida sport musobaqalari va osh chempionati o’tkazildi.

⚡️Kecha Avtomobil transporti muhandisligi fakultetida osh chempionati o’tkazildi. Unda fakultet talabalari va o’qituvchilari faol ishtirok etishdi. Saylda turli xil sport musobaqalari, ko’ngilochar dasturlar va turli tanlovlar bo’lib o’tdi. Fakultetimizda o’tkazilgan osh chempionatida 5 ta kafedra o’zaro bellashdi. Barcha kafedralar turli tumanlarga mansub oshlarni tayyorlashdi. Osh chempionati doirasida shaxmat va shashka, arqon tortish, stol tennisi kabi musobaqalari o’tkazildi. Qizg’in bahslarga boy bo’lgan tanlovda eng kuchli sportchilar aniqlandi. Musobaqada ko’plab guruhlar o’z jamoalari bilan ishtirok etishdi. Talabalarning jismoniy holatini baholab bergan tosh ko’tarish bahslari ham qizg’in tarzda olib borildi. Yakunda g’olib jamoalar aniqlandi.

📄 Chempionat davomida talabalar faqatgina osh tayyorlash bilan cheklanmadilar, ular somsa va turli shirinlikalar pishirish bo’yicha ham bellashishdi. Osh chempionati yakunida, tashkil qilingan barcha tanlovlar g’oliblari taqdirlandi. Osh chempionati talabalar uchun zavqli va esda qolarli bo’ldi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.