Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Biz tazyiq zo‘ravonlikka qarshimiz!

#Xotin_qizlar_kengashi

📌 «Biz tazyiq va zo’ravonlikka qarshimiz!» mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

🔊 Universitet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash raisi F.I. Mamurova hamda Xalq deputatlari Mirobod tuman kengashi deputati, «Yil ayoli» milliy mukofoti sovrindori, «Mo’tabar ayol » ko’krak nishoni sohibasi, Oliy majlis senatida xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, general tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi a’zosi — Saidjabbor Shoira Saidg’affor qizi va universitet talaba-qizlari ishtirokida «Biz tazyiq va zo’ravonlikka qarshimiz!» mavzusida suhbat tashkil etildi.

✅ Suhbat davomida «Gender» tushunchasi, gender tengligini ta’minlash borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar to’g’risida so’z yuritildi. Mamlakatimizda gender tengligiga erishishni ta’minlash borasida muhim ishlar amalga oshirilganligi, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi va “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlar, 2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi Farmonlari, qator qarorlari to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi, Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika va hududiy komissiyalari tashkil etilganligi borasida amalga oshirilayotgan yangi tizimlari va mexanizmlari haqida to‘xtalib o‘tildi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.