Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

O’zbek — ozar xalqi — birdam xalq!

#adabiy_kecha

📌 O’zbek — ozar xalqi madaniyatlarini tarannum etuvchi adabiy kecha o’tkazildi.

⚡️ O’zbekiston xalq shoiri Maqsud Shaxzoda haykali poyida Haydar Aliyevning 100 yilligi munosabati bilan o‘zbek-ozar adabiy aloqalariga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

📝 Tadbirni Yozuvchilar uyushmasi rais o’rinbosari G’ayrat Majid yig’ilganlarga 9-may — «Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan barcha tadbir ishtirokchilarini tabriklab, ushbu xotira kuni arafasida ikki xalq dilbandi, O‘zbekiston xalq shoiri Maqsud Shaxzoda hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berib o‘tdi. Uning yaratgan asarlari xalqimiz qalbida hamon sara asarlar sifatida qolayotganligini e’tirof etdi. So’z yakunida shoir xotirasiga bag’ishlangan she’ri bilan qalblarni to’lqinlantirdi.

📑 So‘z navbati universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha birinchi prorektor D.X. Baratovga berildi va o‘z so‘zida tadbir ishtirokchilarini Adiblar xiyobonida O‘zbekiston xalq shoiri Maqsud Shaxzoda haykali poyida tashkil etilgan Haydar Aliyevning 100 yilligiga bag‘ishlangan adabiy kechaga tashrif buyurganlarni yana bir bor bayram bilan tabriklab, tadbir ishtirokchilariga “Ikki xalq dilbandi”, “Erkka intilgan shoir” deya xalqimiz ulug‘laydigan, adib Maqsud Shayxzoda ijodi haqida to‘xtalib o‘tdi.

🖇 Adabiy kecha juda go’zal va qiziqarli tarzda davom etdi. TAlaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan badiiy qism ham tahsinga sazovor bo’ldi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.