Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Amaliy musobaqa

#tashabbus
#AvtTM

📌 Talabalar o’rtasida «Kasbim yo’lidagi baxtiyorlik» mavzusida musobaqa o’tkazildi.

⚡️ Professional ta’lim tizimidagi Oqqo’rg’on tuman 2-son kasb-hunar maktabida «Avtomobillarni ta’mirlash chilangari» kasbidagi o’quvchi-yoshlarning kasbiy malakalari va intellektual salohiyatini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan «Kasbim yo’lidagi baxtiyorlik» deb nomlangan ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan do’stlik musobaqasi Toshkent davlat transport universiteti hamda Toshkent shahar Shayhontohur tuman kasb — hunar maktabi bilan hamkorlikda bo’lib o’tdi.

📑 Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Toshkent viloyati hududiy boshqarma boshlig’i Q.M. Yusupov, Toshkent shahar boshqarmasining o’rinbosari B. Ismoilov, universitet professor-o’qituvchilari: A.A. Tojiboyev, M.I. Raxmatov, B.X.To’raqulovlar hamda kasb-hunar maktablaridan pedagoglar va o’quvchi-yoshlar qatnashdilar.

🎗Tadbirda hakamlik qilgan universitetning professor-o’qituvchilari Shayhontohur tuman kasb-hunar maktabining «Turon» jamoasi va Oqqo’rg’on tuman 2-son kasb — hunar maktabining «Shohruhiya » jamoalariga to’plangan ballar teng ekanligi va do’stlik g’alaba qilganligini bildirdi hamda ikki jamoaga faxriy yorliqlar va esdalik sovg’alarni topshirildilar.

✅ Tadbir o’ta taassurotlarga boy bo’lib, professional ta’lim mavqeini ko’taribgina qolmay, unga bo’lgan ehtiyojning mavjud va zaruratini ko’rsatdi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.