#amaliyot
#QurilishM
📌 Nazariy bilim amaliyotda qo’llanmoqda.
⚡️Qurilish muhandisligi fakulteti Bino va inshootlar qurilishi, Yoʻl muhandisligi, Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji, Kommunal infratuzilma va uy-joy kommunal xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish ta’lim yoʻnalishlarida tahsil olayotgan 2-bosqich talabalari Toshkent viloyati Qibray bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi va hududning dala poligonlarida oʻquv geodezik — geologik amaliyotini oʻtamoqda. Talabalar amaliyot davrida oromgoh va dala poligonlarida nazariy bilimlarini amalda qoʻllashni oʻrganishmoqda.
✅ Amaliyotda jami 218 nafar talaba jalb qilingan bo‘lib, ularga 30 nafardan ortiq professor-oʻqituvchilar rahbarlik qilmoqda. Shuningdek, amaliyot davrida sport — sogʻlomlashtirish, ma’naviy — ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etish ham ko‘zda tutilgan.