Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Ilmli-ma’rifatli yoshlar – buyuk kelajak bunyodkori!

#davra_suhbati

📌 Ilmli-ma’rifatli yoshlar – buyuk kelajak bunyodkori!

⚡️ Toshkent Davlat transport universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori D.X. Baratov ishtirokida «Ilmli-ma’rifatli yoshlar – buyuk kelajak bunyodkori!» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. So‘z Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati “Sixatgoh” sanatoriy profilaktoriy bosh shifokori, DATK Ma’naviyat va ma’rifat kengashi a’zosi targ‘ibot-tashviqot guruh rahbari, sotsiologiya fanlari nomzodi, professor T.Matibaevga berildi. T.Matibaev yig‘in ishtirokchilari bilan salomlashgach, o‘z so‘zini har bir jamiyatning, unda yashaydigan insonlarning taqdiri va kelajagi albatta yoshlar tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liq ekanligini ta’kidlab o‘tdi va o’z hayoti davomida olgan tajribalarini talaba-yoshlar bilan bo’lishdi.

✅ Bahs-munozaralar yakun topgach, savol-javob, interaktiv ko‘rinishida o‘tgan tadbir keng jamoatchilik, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlod ongining shakllanishiga, ularni yovuz taassurotlardan asrashga, ma’naviy immunitetini kuchaytirishga katta yordam beradi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.