#Xotin_qizlar_kengashi
📌 «Odob-axloq , kiyinish va muomala madaniyati” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
⚡️ Toshkent davlat transport universitetining Iqtisodiyot fakulteti Xotin – qizlar maslahat kengash raisi Sh.H. Xaratova tashabbusi bilan joriy yilning 30-oktabr sanasida 5-sonli TTJda yashovchi talaba-qizlar bilan “Odob-axloq , kiyinish va muomala madaniyati” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Suhbat davomida talaba-qizlarning kiyinish madaniyati, tashqi koʻrinishi, yurish-turishini, odob-axloq qoidalariga rioya etishini ta’minlash orqali ularning jamiyatdagi rolini yanada oshirish maqsadida milliy qadriyatlar, urf-odatlar, milliy kiyinish madaniyati yuzasidan targʻibot ishlari olib borildi.