#uchrashuv
#ATM
📌 Tajriba almashinuv uchrashuvi bo’lib o’tdi.
⚡️ Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti «Transport energetik qurilmalari kafedrasi»ning professor-oʻqituvchilari A.Sobirjonov va V.Meliyevlarning tashabbuslari bilan avtomobil shinalarini ta’mirlash masalalari boʻyicha innovatsion texnologiyalarni tanishtirish maqsadida Rossiyaning “Rossvik” kompaniyasi texnologi Valdimir Penkin Vladimirovich hamda ushbu kompaniyaga Oʻzbekistondagi mas’ul shaxs Zohidjon Shodiyevlar ishtirokida ochiq suhbat boʻlib oʻtdi. Suhbatda talabalar va professor oʻqituvchilar kompaniya vakillari bilan fikr almashdilar.
✅ Mutaxassislar tomonidan berilgan savollarga toʻgʻri javob bergan talabalarga Rossvik kompaniyasining esdalik sovgʻalari topshirildi.