#psixologik_trening
#ATM
📌 «Temperament» testi, «Men o’zimni tahlil qilaman» nomli psixologik treninglari o’tkazildi.
🖇 Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti 1-bosqich talabalari bilan talabaning individual psixologik pasportini shakllantirish va ularda o’quv motivini oshirish maqsadida «Temperament» testi, «Men o’zimni tahlil qilaman» nomli psixologik treninglari o’tkazildi.
📌 O’tkazilgan psixologik treninglar baxt, shukronalik hissini shakllantirish, qadriyatlarni mustahkamlash, o’ziga boʼlgan ishonch hissini uyg’otish, talabalarga psixologik yordam berish va bir-biriga hurmat, mehr-oqibat tuygʻularini shakllantirish va maʼnaviy hayotimizni yanada yuksaltirish, talabalar o‘rtasida nohush holatlarning oldini olish, guruhda ijobiy muhitni barqarorlashtirish, talabalarda emotsional ruhiy zo‘riqishni bartaraf etish maqsadida tashkil etildi.
🔎 Suhbat jarayonida talabalar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar oldi.