Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Kafedra kuni

#yashil_makon
#AvtTM

📌 «Abdurauf Fitrat» mahallasida “Kafedra kuni” tadbiri o‘tkazildi.

⚡️ Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan belgilab berilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Mirobod tumani A.Fitrat mahallasida universitet jamoasi hamda hududdagi yoshlar bilan birgalikda ko’chat ekish tadbiri o’tkazildi.

🎗 Kafedra mudiri R.M. Xakimov so‘zga chiqib, soʻnggi besh yilda erishilgan ijobiy natijalarning asosiy omili xalq manfaatlarini koʻzlagan holda aholi turmush sharoitini yanada yaxshilash yuzasidan ulkan va dolzarb vazifalar qoʻyish bilan birga ularning yechimi va moliyaviy manbalari ham aniq koʻrsatib berilganligini ta’kidladilar. Shu nuqtayi nazardan qaraydigan boʻlsak, jamiyatimizda ham ayrim yechimini kutayotgan muammolar va kemtik nuqtalar bor va bundan keyin ham boʻladi. Bugungi kunda ana shu holatlarni boʻrttirib ifodalash, aholining kayfiyatiga salbiy taʼsir etuvchi maʼlumotlar va fikrlar uchrab turgani ham bor gap. Bu ijobiy holat , chunki hayotimizdagi kamchiliklarni roʻyi-rost va adolatli koʻtarib chiqish zarurligini Prezidentning oʻzi taʼkidlamoqda. Bu harakatlarda avvalo, amalga oshirilgan ijobiy ishlarni eʼtirof etgan holda mavjud muammolarni adolatli bayon etish va ularni yechimi boʻyicha ham takliflar bildirish maqsadga muvofiqdir.

✅ Fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.A. Ashurov tomonidan, biz mahalla bilan birga shukronalik masalasini biz birgalikda hal qilishimiz kerakligi va har birimiz bu shukronalik hissini chin dildan sezib, vatanga xizmat qilishimiz kerakligi xulosa qilindi. Kelajakda biz universitet xodimlari va mahalla fuqarolari bunday targ‘ibot ishlarini albatta natijasini ko‘ramiz deb ta’kidlab o’tdi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.