#sogliqni_saqlash
#AvtTM
📌 “Biz — sogʻlom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.
⚡️ Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Respublika OITSga qarshi kurashish markazi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamkorligida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, OIV/OITS kasalligining yuqish yoʻllari, patogenezi, kasallikning klinik belgilarini oldini olishga qaratilgan “Biz — sogʻlom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.
✅ Tadbirda Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti dekan oʻrinbosari O.Ashurov va fakultet xotin-qizlar masalalari boʻyicha fakultet kengashi raisi G.Niyazova soʻzga chiqdi hamda Mirobod tumani koʻp tarmoqli oilaviy poliklinika shifokorlari M.Razzoqova va D.Karimjonovalar OIV/OITS kasalliklaridan saqlanish haqida ma’lumot berib oʻtdilar.