#ogohlik
📌 Bir guruh xodimlari «Ehtiyot bo‘ling, is gazi!» profilaktik tadbirida ishtirok etdilar.
⚡️ Joriy yilning 27-yanvar kuni Turkiston san’at saroyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Toshkent shahar prokuraturasi, Toshkent shahar xarbiy prokuraturasi, Toshkent shahar gaz ta’minoat (Tashshaxargazta’minot) boshqarmasi bilan hamkorlikda Ehtiyot bo‘ling, is gazi! Zaharlanmaslik uchun nima qilish kerak? mavzularida davra suhbati tashkil etildi. Unda universiteti prorektori, dekan o‘rinbosarlari va tyutorlari ishtirok etishdi.
✅ Tadbirda mutaxassislar tomonidan hozirgi kundagi tabiiy gaz va is gazi bilan zaharlanish bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tildi. Shu bilan birga tabiiy gaz va is gazi bilan zaharlanishni oldini olish bo‘yicha qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savol va takliflarga mas’ullar tomonidan kerakli javoblar berildi.