#TTJ_faoliyati
Talabalar turar joyidagi ovoz yozish studiyasi o’z faoliyatini davom ettirmoqda.
Ma’lumki, 8-sonli Talabalar turar joyida Musiqa to’garagi ochilgan. Anchadan buyon ushbu to’garakda iqtidorli talabalar o’z ijodini yuksaltirib kelmoqda. To’garak a’zolari 226-xonada yashovchi shoir Umid Shodiyevning bir necha she’rlari va 410-xonada yashovchi Mehriddin Sultanovning qo‘shiqlari 8-talabalar turar joyida tashkil etilgan ovoz yozish studiyasi rahbari Mardonov Ulug’bek boshchiligida mp3 formatida yozib olindi.
Talabaning qiziqishi hamda iqtidorini namoyish etishda ko’mak berib kelayotgan to’garak ko’plab talabalarni ijodga chorlashi aniq.


