Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Professor-o‘qituvchilarning kitob taqdimotlari o‘tkazildi

2021-yil 7-oktabr kuni universitetimizning Maqsud Shayxzoda nomidagi o‘quv zalida “Qurilish muhandisligi” fakultetining “Oliy matematika” va “Amaliy mexanika” kafedralari o‘qituvchilari tomonidan chop etilgan yangi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotda “Oliy matematika” kafedrasi mudiri D.B. Eshmamatova va “Amaliy mexanika” kafedrasi mudiri G‘.F. Pirnazarovlar kafedra faoliyati va professor-o‘qituvchilar tomonidan chop etilgan yangi darslik va o‘quv qo‘llanmalar haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdilar. So‘ngra “Amaliy mexanika” kafedrasi katta o‘qituvchisi N.B. Ruzieva o‘zining “Nazariy mexanika” nomli darsligi to‘g‘risida tadbir qatnashchilariga to‘liq ma’lumot berib o‘tdi.

“Oliy matematika” kafedrasi professori A. Ortiqboyev “Kombinatorika va graflar nazariyasi” kitobi bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar berdilar. Tadbirda ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar kitoblar haqidagi o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Tadbir yakunida yoshlarni mantiqiy fikrlashga undovchi qiziqarli savol-javob viktorinasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda faol ishtirok etgan qatnashchilar sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.