Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Davlat statistika qo‘mitasi hamkorligida uchrashuv o‘tkazildi

Iqtisodiyot fakulteti Buxgalteriya hisobi kafedrasi tomonidan “Rasmiy statistika to’g’risida”gi yangi qonunning mazmun-mohiyati, ahamiyati, amaliyotga joriy etilayotgan o‘zgarish va tushunchalar, shuningdek, yurtimizda 2023-yilda o’tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda transport statistikasi mavzulariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda, Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati xodimlari, Toshkent davlat transport universiteti professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi.

Davra suhbatida “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi yangi qonunining mazmun-mohiyati, ahamiyati, amaliyotga joriy etilayotgan o‘zgarish va tushunchalar haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi.

Xususan, yangi qonun xalqaro statistik hamjamiyat tomonidan tavsiya etilgan rasmiy statistikaning asosiy tamoyillariga mamlakatda to‘liq rioya qilish uchun zarur va ishonchli huquqiy asosni yaratib beradi.

Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida” gi qonuni milliy statistika tizimi faoliyatini tartibga solish barobarida, rasmiy statistikaning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash borasidagi islohotlarning natijadorligiga erishish, foydalanuvchilarning ishonchli, sifatli va dolzarb rasmiy statistic ma’lumotlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish va shak-shubhasiz mamlakatning xalqaro miqyosidagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, aholini ro’yxatga olishning mazmun-mohiyati, qabul qilingan normative-huquqiy hujjatlar va unga tayyorgarlik ko’rish jarayonlarini o’zida aks ettirgan taqdimot tinglandi. Talabalarga aholini ro’yxatga olishning ahamiyati, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarini shakllantirishdagi o’rni, Vazirlar Mhkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “2023-yilda O’zbekiston Respublikasida aholini ro’yxatga olishga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 710-son qarorining mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.

Yig’ilishda ta’kidlanganidek, aholini ro’yxatga olish- bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagikeng ko’lamli tadbir bo’lib, aholi to’grisidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.

Mutaxassislar aholini ro’yxatga olishga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar to’g‘risida batafsil ma’lumot berishdi.

Shuningdek, talabalar transport sohasi statistikasi bo‘yicha mutaxassislardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq muloqot shaklida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Davra suhbati yakunida universitet rahbariyati bilan bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazish hamda talabalar uchun amaliyot darslarini tashkil etishga kelishib olindi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.