Toshkent davlat transport universiteti psixologi Baratova Raʼno hamda «Qurilish muhandisligi» fakulteti dekan oʻrinbosari Maʼmurova Feruza Islomovnalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning 19-mart kuni ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusining birinchisi “Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san‘atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste‘dodini yuzaga chiqarish” doirasida 30-Mehribonlik uyiga tashrif buyurib, aziz bolajonlar davrasida «Sen uchun» nomli «Orzular xaritasi» psixologik koʻrinishni birgalikda tayyorladilar.
Tadbir soʻngida psixologimiz tomonidan bolajonlar ruhiyati oʻrganildi. Bolajonlar imkoniyati yuqori ekanligini taʼkidladilar.
Begʻubor bolajonlar bunday toʻgaraklardan xursand boʻlishdi hamda yana shunday toʻgʻaraklar oʻtkazishni soʻradilar.
Qurilish muhandisligi fakulteti talabasi Eldor Mustafoyev