sirtqi_ta’lim
Universitetida 2021/2022-o‘quv yili sirtqi taʼlim shakli 1-bosqichga qabul qilingan talabalarning kredit taʼlim tizimiga kirish haftaligi boshlandi.
Haftalikda HEMIS dasturi bilan ishlash tartibi, 1-semestr fanlari bo‘yicha kafedralarning joylashuvi, Moodle tizimi bilan ishlash qoidalari, sirtqi ta’limni tashkil etish, odob-axloq qoidalari, o‘qishdan chetlashtirish tartibi kabi masalalar batafsil tushuntirilmoqda.
Ko‘p uchraydigan savollarga javoblar:
moodle login va paroli buyruq chiqqandan so‘ng telegram guruhlari orqali eʼlon qilinadi,
shartnomadan 10% chegirma keyingi semestr uchun amal qiladi,
fanlarni oʼzlashtirishga asosiy sessiya davriga yana 1 oy qoʼshimcha muddat beriladi,
kontrakt eng kamida 25%ni 1-noyabrga qadar toʼlanishi kerak,
1-semestrda o‘qish 29-noyabrdan 25-dekabrgacha davom etadi,sirtqi taʼlim talabalari yotoqxona bilan taʼminlanmaydi.
Haftalik davom etmoqda.
Telegram (https://t.me/tstu_online)
Instagram (https://www.instagram.com/tdtu_sirius_media)
YouTube (https://youtube.com/channel/UCHsD0VuN4zSLRM5kD1Ex8eA)