Bugungi kunda aholini, ayniqsa uning ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash masalasi davlatning birinchi darajali e’tiborida turibdi. Bu borada universitetda ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan mahallalarda manashunday oilalarga har tomonlama ko‘mak berib kelinayotgani buning yaqqol isbotidir. Professor-o‘qituvchilar, xodimlar tomonidan doimiy tashriflar amalga oshiriladi. Navbatdagi tashrif Elektrotexnika va komputer muhandisligi fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan amalga oshirildi.
“Informatika va komputer grafikasi” kafedrasi professor o‘qituvchilari “Navro‘z” mahallasi raisining Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari F.Sharipova bilan birgalikda 2 nafar farzandi bilan istiqomat qilayotgan, boquvchisini yo‘qotgan M. Raxmonova holidan xabar olishdi, o‘zlarining esdalik sovg‘alari bilan xonadonga quvonch ulashdi.