Iqtisodiyot fakulteti professor-o‘qituvchilari 5-talabalar turar joyidagi talaba-qizlar yashash sharoitlari bilan tanishdilar. Mavjud muammolar, gigiyena qoidalari, odob-axloq qoidalari, tazyiq va zo‘ravonlik xususida ochiq suhbat o‘tkazildi.
- Sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, muhtarama ayollarimizning, aziz opa-singillarimizning sha’ni, qadr-qimmati, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish oliy ilm dargohimiz uchun ustuvor ahamiyatga egadir, — deydi Iqtisodiyot fakulteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Shaxlo Xaratova. — Talaba-qizlar turar joyining har bir xonasida qizlar bilan alohida mazkur masala yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordik. Huquqlari buzilgan taqdirda kimga va qayerga murojaat qilish, qanday yo‘l tutish kerakligini tushuntirdik. O‘ylaymizki, universitetimizda bunday noxush vaziyatlar sodir bo‘lmaydi va bu borada doimo targ‘ibot-tashviqot ishlarini o‘tkazib boramiz.