Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

18-noyabr — Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʼi qabul qilingan kun

📌18-noyabr — Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʼi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda katta bayram sifatida keng nishonlanmoqda.

⚡️Аna shunday tadbirlardan biri poytaxtimizdagi “Xalqlar doʼstligi” sanʼat saroyi oldidagi sayilgohda boʼlib oʼtdi.
Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiylar, professor-oʼqituvchilar, talaba-yoshlar va keng jamoatchilik jam boʼldi.

☝️ Shu qatorida universitetimiz professor-oʼqituvchilari va talaba-yoshlari ham tadbirda ishtirok etdi.

Ushbu maydonda mamlakatimizdagi eng ulkan bayroq oʼrnatilgan. Uzunligi 20 metr, eni 10 metr boʼlgan milliy gʼururimiz ramzi 65 metr balandlikda magʼrur hilpirab turibdi. Unga tikilganingiz sari ruhingiz koʼtarilib, vatanga mehringiz yuksaladi.

📎Tantanada Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan namoyish etilgan chiqishlar tadbirning shukuhini yanada oshirdi. Milliy ramzlarimizga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuygʼulari ulugʼlangan sheʼr va qoʼshiqlar barchaga xush kayfiyat ulashdi.

                                Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.