Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

E’lon: Konstitutsiya – yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot kafolati

Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligini keng nishonlash hamda Toshkent davlat transport universiteti professor-oʼqituvchilari va talabalarining konstitutsiyaviy bilimlari darajasini baholash va ragʼbatlantirish maqsadida
“Konstitutsiya – yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot kafolati” mavzusida 29-noyabrdan 4–dekabrga qadar “Konstitutsiya haftaligi” oʼtkazilmoqda. Ushbu haftalik doirasida quyidagi tadbirlar va tanlovlar oʼtkazilishi rejalashtirilgan:

1️⃣ 30.11.2021 y. soat 14:00da ilmiy kengashlar zalida huquqshunos olimlar ishtirokida davra suhbati.
2️⃣ 01.12.2021 y. soat 14:00da 400-auditoriyada nomutaxassis professor-oʼqituvchilar hamda talabalar oʼrtasida «Konstitutsiya – huquq va erkinliklarimizning kafolati” mavzusidagi koʼrik-tanlovning birinchi bosqichi (test).
3️⃣ 02.12.2021y. soat 14:00da 400-auditoriyada koʼrik-tanlovning ikkinchi bosqichi (esse).
4️⃣03.12.2021 y. soat 14:00da 400-auditoriyada koʼrik tanlovning soʼnggi 3-bosqichi (blits savol-javob).
5️⃣ 04.12.2021 y. soat 14:00da «Konstitutsiyada ranglar jilosi» nomli havaskor musavvirlar tanlovi.
6️⃣06.12.2021 y. soat 14:00da 400-auditoriyada «Siz qonunni bilasizmi?» nomli bilimdonlar bellashuvi.

Marhamat, barchani ushbu tadbir va tanlovlarda faol ishtirok etishga taklif etamiz.

Murojaat uchun: Маlikov Begzod 90 999 56 64

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.