Faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi transport prokuraturasining Prokuratura organlari faoliyati va sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan ochiq darsi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi transport prokuraturasi katta prokurori S.B. Mirzaxmedov va bo‘lim boshlig‘i S.V. Muxtorov hamda prorektor D.X. Baratov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i va xodimlari, Yoshlar ittifoqi BT, tyutorlar, fakultet dekan o‘rinbosarlari, talabalar ishtirok etdi.
Ochiq dars dasturidan prokuratura organlari faoliyati va sohadagi islohotlar to‘g‘risida, prokuratura organlari faoliyatiga oid normativ huquqiy hujjatlar, prokuratura organlari faoliyatiga oid videorolik namoyishi, savol-javoblar o‘rin oldi.