tanlov
📌Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashkil etilganining 25 yilligi, BMTning Inson huquqlari sohasida ta’lim va tarbiya to’g’risidagi Deklaratsiyasi qabul qilinganining 10 yilligi, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan «Raqamli avlod. COVID-19 pandemiyasi davrida inson huquqlari bo’yicha ta’lim» respublika tanlovi e’lon qilinmoqda.
🔖Tanlov bir nechta nominatsiyalarda o’tkaziladi.
☝️Ishtirok etish istagini bildirganlar joriy yilning 1-dekabriga qadar materiallarini konkurs2021@nhrs.uz manziliga yuborishlari mumkin.
📃Batafsil ma’lumot NIZOMda.