Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

“San’at yoshlar nigohida” mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

ijodiy_uchrashuv

📌O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash, talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida Iqtisodiyot fakulteti haftaligi doirasida fakultet tyutorlari tashabbusi bilan universitet kinozalida aktyor Rasulxon Qodirxonov bilan “San’at yoshlar nigohida” mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📎Suhbat, videorolik namoyishi va savol-javobdan iborat bo‘lgan ijodiy uchrashuv mazmunli va qizg‘in munozaraga boy bo‘ldi. Savollar asosan ijodkorning aktyorlik sohasidagi faoliyatlari haqida bo‘ldi.

⚡️Aktyor mashhur insonlarning teatr haqidagi fikrlarini, o’zining teatrga kirib kelishi, hayotida san’atning roli haqida batafsil ma’lumot berdi, ijod mahsulidan jonli ijroda hirgoya qilib berdi. Shuningdek, Rasulxon Qodirxonov kino va teatr san’ati haqidagi ilmiy asoslangan izlanishlari, jahon va o‘zbek kinematografiyasining bugungi kundagi muammolari haqida gapirib berdi.

🔖Uchrashuv so‘ngida Rasulxon Qodirxonov yoshlarga hamisha o‘z ustilarida ishlashdan to‘xtamasliklarini va bu yo‘lda ko‘p mutolaa qilish kerakligini aytib, kamolot sari intilishda yuqori parvozlar tiladi.
Iqtisodiyot fakulteti

Telegram (https://t.me/tstu_online)|Facebook (https://www.facebook.com/tdtru.uz)|Web-sayt (http://manaviyat.tashiit.uz/)|Instagram (https://www.instagram.com/tdtu_sirius_media)|YouTube (https://youtube.com/channel/UCHsD0VuN4zSLRM5kD1Ex8eA)

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.