Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni

Xalqaro_nogironlar_kuni

mehr

📜Xalqimiz uchun sinovli kechayotgan ushbu kunlarda dunyodagi eng qimmat, ammo tekinga tarqatiladigan bir narsa — mehr va muhabbatni har narsadan ustun qo‘yib, barchaga birdek quvonch ulashish, yosh avlodning ko‘nglini ko‘tarishdek mas’uliyatli hamda savobli ishga Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakulteti professor-o‘qituvchilari o‘z hissalarini qo‘shdi.

📎Bugun “3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan fakultet jamoasi xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish maqsadida Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan 57-sonli maktabga tashrif buyurishdi.

📌Tashrif doirasida maktab tarbiyalanuvchilari uchun fakultetning faol, jamoatchi talabalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi, o‘quvchi yoshlar uchun bayram tuhfalari taqdim etildi, bayram dasturxoni atrofida qimmatli bo‘lgan e’tibor va samimiy insonparvarlik yordami ko‘rsatildi.

🖊Ko‘rsatilgan e’tiborning zamirida nogironligi bo‘lgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish, ularni jamiyatimizning to‘laqonli a’zosi ekanliklarini mehr to‘la ko‘zlar va qo‘llar orqali ko‘rsatish, o‘ksik qalblar va ko‘ngillarga taskin berishdir, albatta. Dunyoda mehrning, qadriyatning umri boqiydir. Insoniy fazilatlargina ulug‘lik sari boshlaydi. Qayerdaki, mehr-oqibat, qadr-qimmat mavjud ekan, shu yerda baxtiyorlik, farovonlik hukm suraveradi.
Tojinur Po’latova


Telegram (https://t.me/tstu_online)|Facebook (https://www.facebook.com/tdtru.uz)|Web-sayt (http://manaviyat.tashiit.uz/)|Instagram (https://www.instagram.com/tdtu_sirius_media)|YouTube (https://youtube.com/channel/UCHsD0VuN4zSLRM5kD1Ex8eA)

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.