Universiteti rahbariyat va mavjud jamoatchilik tashkilotlari aʼzolari hamkorligida yangi yil arafasida Toshkent shahrida joylashgan 30-Mehribonlik uyiga tashrif amalga oshirildi.
Tashrifda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha prorektor D. Baratov mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini kirib kelayotgan yangi 2022-yil bilan tabriklab, ularning kelgusida o‘qishlari va shaxsiy hayotlarida zafarlar tiladi. Universitet jamoatchilik tashkilotlari aʼzolari ham bolajonlarni iliq so‘zlari bilan chin ko‘ngildan tabriklashdi. Shundan soʼng, tarbiyalanuvchilarga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida sheʼrxonlik, jumboqli viktorinalar (savol-javoblar) va o‘yinlar tashkil etildi, 112 nafar barcha tarbiyalanuvchilarga sovg‘alar tarqatildi.
— Tashrif bolajonlar uchun quvonchli bayramga aylandi, — deydi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sanjar Xamidov. — Kirib kelayotgan yangi 2022-yil arafasida mehr ila murg‘ak qalblarga ajib bir shukuh, olam-olam quvonch va zavq ulashdik, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.