taqdimot
🖋— 2020-2021-o‘quv yili kafedra professor-o‘qituvchilari uchun sermahsul bo‘ldi, — deydi “O‘zbek (rus) tili” kafedrasi mudiri Vazira Xasanova. — Yigirmaga yaqin o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar yaratildi va chop etildi. Shulardan ikkitasi: M.G.Kamilova, V.X.Xasanova, N.A.Radjapova, R.R.Abdullayevalarning “Практический курс русского языка”, D.K.Kasimova, N.A.Radjapovalarning sirtqi bo‘lim talabalari uchun “Русский язык” o‘quv qo‘llanmalari Oliy ta’lim Muvofiqlashtiruvchi Kengashi tomonidan grif oldi. O‘ylaymanki, ustoz va talabalarimizga foydasi tegadigan yanada yangi adabiyotlarni chiqarishda davom etamiz.
📚Shuningdek, A.T.Baltayevaning “Bo‘lajak til va adabiyot o‘qituvchilarini, o‘quvchilarni tanqidiy baholashga o‘rgatish usullari” o‘quv qo‘llanmasi va N.J.Izzatullayevalarning “O‘zbek tili” uslubiy qo‘llanmasi, dotsent M.G.Kamilovaning “Развивающие технологии на занятиях русского языка в вузах”, V.X.Xasanovaning “Изучение жизни и творчества Максуда Шейхзаде среди современной молодежи”, f.f.n. O.R.Iskandarovaning “Mushtaraklik va lisoniy joziba”, Ph.D. A.T.Baltayevaning “Adabiyot darslarida o‘quvchilarni badiiy asar qahramonlarini tanqidiy baholashga o‘rgatish texnologiyasi”, N.R.Amanlikovaning “Sifat turkumining yasalishi ” monografiyalari, D.K.Kasimova, S.A.Abduraxmanova, N.B.Axrarovalarning “Русский язык”, G.K.Muratovaning “Русский язык”o‘quv-uslubiy qo‘llanmalari yangi nashrdan chiqarildi va jamoaga foydalanishga topshirildi.