Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Professor-o’qituvchilar 57-maktabda bolajonlar bilan uchrashuv tashkil etdi

mehr

✍️Yangi yil bayrami munosabati bilan barchaga birdek quvonch ulashish, yosh avlodning ko‘nglini ko‘tarishdek mas’uliyatli hamda savobli ishga qo‘l urgan Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakulteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar jamoasi joriy yilning 27-dekabr kuni Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan 57-sonli maktabga tashrif buyurishdi.

⚡️Tashrif davomida maktab tarbiyalanuvchilari uchun professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan “Yangi yil ertagi” bayram dasturi namoyish etildi. Turli ertak qahramonlarining tadbirdagi bayramona ishtiroki o‘quvchi va o‘qituvchilarning ko‘ngliga xushnudlik bilan birga bayramona ko‘tarinkilik baxsh etdi.

📎Shuningdek, maktab jamoasi uchun yangi yil archasi va o‘yinchoqlari sovg‘a qilindi, o‘quvchilar uchun bayram shirinliklari tarqatildi. Kamtarona yozilgan dasturxon ustida o‘zaro mehr-e’tibor ulashildi. Ko‘rsatilgan e’tiborning tag zamiri nogironligi bo‘lgan shaxslar manfaatlarini himoya qilishdir.
Tojinur Po’latova

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.