Fakultetning dekan muovini Oybek Achilov va kafedralar professor-o‘qituvchilari hamda faol 4-bosqich talabalari ishtirok etgan bayram tadbirida bolajonlar bilan she’rlar musobaqasi va turli xil qiziqarli, kayfiyatni ko‘taruvchi o‘yinlar o‘tkazildi.
- Mehr-muruvvat hamma zamonlarda ulug‘langan. Inson ko‘p narsadan to‘yishi mumkin, faqat mehrdan va go‘zallikdan emas, — deydi dekan muovini Oybek Achilov. — Ayniqsa, mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilariga mehr ulashish savob amallarning eng afzallaridan biri hisoblanadi. Bayram tadbirda moddiy va esdalik sovg‘alari, tashkiliy ishlarda faol ishtiroki hamda yordamini ayamagan fakultet jamoasiga cheksiz minnatdorchilik bildiraman. Bunday xayrli ishlarni o‘quv yili davomida doimiy amalga oshirib borishni rejaga kiritganmiz.
Iqtisodiyot fakulteti