Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Universitet faxri 70 yoshni qarshiladi

Kecha, 5-yanvar kuni universitet faxri, professor Sadiqov Ibrohim Solixovich 70 yillik yubileyini nishonladi. Shu munosabat bilan, ustozni tabriklash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilar ustozni tabarruk ayyom bilan chin yurakdan muborakbod etdilar.

Ta’kidlash kerak, Ibrohim Solixovich uzoq yillar mobaynida Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti va Jizzax politexnika institutida bilim va tajribasini ayamay, zamona talabiga mos raqobatbardosh mutaxassislar, yuksak malakali rahbar va ishchi-xodimlar tayyorlash bilan soha taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, O‘zbekiston mavqeyini yuksaltirishda xizmat qilmoqda, avtomobil yo‘llari sohasining zabardast olimi sifatida tanilgan.

Professor rahbarligida yuzdan ortiq ilmiy ishlar qilinib, ko‘pdan-ko‘p shogirdlar, fan doktorlarini tarbiyaladi. Uzoq yillik mehnat faoliyati keng qamrovli ko‘rinishga ega bo‘lib, aynan uning olib borgan ilmiy izlanishlari natijalari hozirda ishlab chiqarishga va o‘quv jarayonlariga muvaffaqiyatli joriy qilinmoqda. Ibrohim Solixovich rahbarligida va ishtirokida yaratilgan normativ hujjatlar, ilmiy ishlanmalar avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish jarayonlarida dasturulamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

— Universitetimiz faxri bo‘lgan Ibrohim Solixovich oliyjanob inson, har tomonlama salohiyatli olim, bilimli mutaxassisdir, — deydi prorektor Dilshod Baratov. — Shu bilan birgalikda mehribon ustoz, o‘z kasbining fidoiysi deb bilamiz,  qadrlaymiz. Ustozning yuzlab ilmiy ishlari, avtomobil yo‘llari sohasiga oid o‘nlab ixtirolari imkoniyatlarni ko‘rsatib turibdi, tarbiyalagan ko‘pdan-ko‘p shogirdlari esa bugungi kunda dunyo mamlakatlarining turli jabhalarida jonbozlik bilan mehnat qilib kelmoqdalar. Bu esa nafaqat oliy ilm dargohimizning, balki davlatimizning ham faxridir.

Fursatdan foydalanib, Ibrohim Solixovichga uzoq umr, mustahkam sog‘liq, yaqinlari tinchligi va xotirjamlik, ilmiy-pedagogik faoliyatda barkamollik, xonadonlariga fayzu-baraka tilaymiz!

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.