Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Buster doza bilan emlanish nega muhim?

vaksina_oling

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boʼlim boshligʼi Dilorom Tursunova javob berdi.

— 2021-yilning 1-aprelidan mamlakatimizda aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash tadbirlari boshlanib, shu kungacha jami 7 turdagi 49,8 mln. dozadan ortiq COVID-19ga qarshi vaksina olib kelindi, — deydi D. Tursunova. — Yaqin oylarda yurtimizga yana 12 mln. doza vaksina keltirilishi kutilyapti.

Maʼlumki, hozir koronavirus kasalligi tez-tez mutatsiyaga uchrab, tashqi muhitga moslashmoqda. Bu esa unga qarshi kurashish usullarini yanada takomillashtirishni taqozo etadi.

Xususan, ayni paytda dunyo ekspertlari kasallikka qarshi toʼliq dozalarda vaksina olgan shaxslarni buster doza bilan emlanishni tavsiya qilmoqda. Sababi vaqt oʼtgach, emlangandan soʼng hosil boʼlgan antitanachalar miqdori pasaya boshlaydi va organizmni himoya qila olmaydigan darajaga tushib ketadi.

Buster doza bilan emlanish esa birlamchi vaksina olgandan keyin hosil boʼlgan immunitetni yuqori darajaga koʼtarib beradi. Yaʼni, bu orqali organizmning kurashuvchanlik qobiliyati oshadi.

Buster doza bilan hozircha koronavirusga qarshi 2 yoki 3 marotaba vaksina (toʼliq emlash kursi) olganlar bir bor emlanishi mumkin. Buning uchun vaksinaning birinchi dozasi olinganiga 6 oy va undan ortiq vaqt oʼtgan boʼlishi lozim.


Почему важно прививаться бустерной дозой?

Отвечает руководитель отдела Службы санитарно-эпидемиологического благополучия и общественного здоровья Дилором Турсунова.

— С 1 апреля 2021 года в нашей стране началась массовая вакцинация населения от коронавируса, до настоящего времени в нашу страну доставлено в общей сложности 49,8 млн доз 7 видов вакцин против COVID-19, — отмечает Д. Турсунова. — В ближайшие месяцы ожидается доставка еще 12 млн. доз.

Известно, что в настоящее время коронавирусная инфекция часто мутирует и адаптируется к внешней среде. Это требует дальнейшего совершенствования методов борьбы с ней.

В частности, на данный момент мировые эксперты рекомендуют людям, получившим полный курс вакцинации, пройти ревакцинацию. Дело в том, что со временем количество образующихся после вакцинации антител начинает снижаться и падает до уровня, при котором организм не может себя защитить.

Вакцинация «бустером», с другой стороны, повышает сопротивляемость организма.

Бустерной дозой могут прививаться лица, получившие полный курс вакцинации (2 или 3 дозы), однократно, не раньше, чем через 6 6 месяцев или более после первой дозы вакцины.

Manba: Sog’liqni saqlash vazirligi

Telegram (https://t.me/tstu_online)|Facebook (https://www.facebook.com/tdtru.uz)|Web-sayt (http://manaviyat.tashiit.uz/)|Instagram (https://www.instagram.com/tdtu_sirius_media)|YouTube (https://youtube.com/channel/UCHsD0VuN4zSLRM5kD1Ex8eA)

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.