Universitet xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan “Gender va zo‘ravonlik masalalari” mavzusida jonli onlayn tadbir o‘tkazildi.
Unda “Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti v.b. Dildora Muratova, katta oʻqituvchisi Xadicha Chulponova gender va oilaviy-maishiy zoʻravonlik va uning kelib chiqish sabablari haqida maʼruza qildililar. Shuningdek, talaba-qizlarga zoʻravonlik va gender zoʻravonlik tushunchalari, zoʻravonlik haqidagi aqidalar va zoʻravonlik sikli, gender zoʻravonlik sabablari va oqibatlari, iqtisodiy bosim, do‘q-po‘pisa, tahdid xususida tushuntirildi.