Joriy yilning 28-yanvar kuni Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti “Transport energetik qurilmalari” kafedrasi professori B.I. Bozorov kafedra o‘qituvchilari uchun mahorat darsini o‘tdi.
Ta’lim va tarbiya, an’ana va qadriyatlarning uzviyligini ta’minlash, boy kasbiy va hayotiy tajribaga ega professor-o‘qituvchilarning faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan darsda B.I.Bozorov “Mutaxassislik fanlarini o‘qitishda muammoli mavzularni tanlash” mavzusida mahorat darsini o‘tdi.
Dars avvalida kafedra mudiri R.N.Axmatjanov so‘zga chiqib ustozning hayot faoliyati, ilmiy izlanishlari, erishgan yutuqlari, mamlakatimizda transport vositalarining gazlashtirishga qo‘shgan salmoqli hissasi xususida fikr bildirib, yoshlarni ustoz tajribasidan unumli foydalanishga chaqirdi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari dars so‘ngida faxriy professor-o‘qituvchilarning bunday darslarini doimiy o‘tkazishni kelishib oldilar.