Rahbar va yoshlar uchrashuvi davom etmoqda
Xabar berganimizdek, universitet miqyosida o‘tkazilayotgan “Rahbar va yoshlar” onlayn uchrashuvlari endilikda fakultetlar kesimida davom etmoqda. 2-fevral kuni Iqtisodiyot fakultetida ana shu tadbirning navbatdagisi bo‘lib o‘tdi.
Unda fakultet dekani va dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar hamda yuqori bosqich talabalari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomoda turli dolzarb masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi, talabalar tomonidan berilgan savollarga ham batafsil javob qaytarildi.