“Transport energetik qurilmalari” kafedrasi hamda xotin-qizlar maslahat kengashi hamkorligida “Yangi O‘zbekistonda olima ayollar faoliyati: “Ustozim chirog‘im”, “Mening hayot falsafam” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Unda universitet xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Y. Xakimova, xotin-qizlar kengashi a’zolari, Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti yoshlar bilan ishlash, ma’naviy — ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o’rinbosari O. Ashurov hamda kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Tadbir qahramoni “TEQ” kafedrasi professori olima ayoli, texnika fanlari nomzodi Alimova Zebo Hamidullayevna bo‘ldi.
— Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan xotin-qizlarning faoliyatini qo‘llab-quvatlash maqsadida ayollar va qizlarning ilm-fan bilan to‘laqonli shug‘ullanishlariga keng imkoniyatlar yaratilmoqda, — deydi universitet xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Yoqutxon Xakimova. — Shuningdek, xotin-qizlarning huquqlarini kengaytirish maqsadida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan “Taraqqiyot maqsadlaridagi fan, texnika va innovatsiyalar” to‘g‘risidagi rezolyutsiyada “11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni” deb e’lon qilingan. Mazkur tadbirimizda ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissasini qo‘shayotgan olima ustoz Zebo Alimovaning kafedradagi faoliyati, ilmiy ishlari va shogirdlari bilan olib borayotgan ilmiy izlanishlari haqida suhbatlashdik.