Ushbu tadbirda universitet Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha prorektori D.X. Baratov, qabul komissiyasi mas’ul xodimlari Tursunov Z.Sh. va Xadjimuxammedova M.A. hamda 11 ta transport texnikumlari rahbar xodimlari qatnashdilar.
Uchrashuv mobaynida universitet mutasaddilari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarafidan 2022-yil 11-yanvarda tasdiqlangan «Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga suhbat asosida o’qishga qabul qilish tartibi to’g’risidagi nizom” shartlari yuzasidan taqdimot o’tkazildi. Texnikum direktorlari 2022/2023-o’quv yilida texnikum bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish, suhbat shartlari va o’qish tartibiga oid o’z savollariga batafsil javob oldilar.