Sohani ilmiy yondashuv asosida takomillashtirish maqsadida Transport universiteti bilan hamkorlikda uch oy muddatda Ilmiy-amaliy markaz tashkil etish vazifasi qoʼyildi.
Viloyatlardagi transport kollejlarida xuddi shunday hududiy markazlar ochiladi, ularga YXHB boshliqlari rahbarlik qiladi.
«Umuman olganda, masalani muhimligini inobatga olib, Bosh vazir rahbarligida Respublika komissiyasi tashkil etiladi va ichki ishlar vaziri unga oʼrinbosar boʼladi», dedi Prezident.
Hududiy komissiyalarga viloyat, tuman va shahar hokimlari hamda ichki ishlar boshqarmalari va boʼlimlari boshliqlari rahbarlik qiladi.
Komissiyalar yoʼllar holati va mavjud infratuzilma, avariya oʼchoqlari, sodir etilgan qoidabuzarliklardan kelib chiqib, har oyda harakat xavfsizligi, transport va yoʼl sohalariga masʼul idora rahbarlarining hisobotini tanqidiy eshitib, mahalliy Kengashlarda muhokama qilib boradilar.
Аyni paytda yigʼilishda muhokama qilingan masalalar va belgilab berilgan vazifalar yuzasidan mutasaddilarning axboroti tinglanmoqda.