Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar farzandlari uchun she’riyat tanlovining natijalari e’lon qilindi

  • Home
  • Yangiliklar
  • Yangiliklar
  • Professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar farzandlari uchun she’riyat tanlovining natijalari e’lon qilindi

kasaba_uyushmasi

tanlov_natijalari

Xabaringiz bor, universitet professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari farzandlari uchun she’riyat tanlovi e’lon qilingan edi.

Buyuk shoir va mutafakkir Аlisher Navoiy tavalludining 581 yilligi hamda shoir va davlat arbobi Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligini munosib nishonlash, jamoa farzandlarining sheʼriyat va adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, yosh iqtidor sohiblarining yangi qirralarini kashf etish maqsadida tashkil etilgan onlayn tanlovning natijalari e’lon qilinib, bugun g‘oliblar taqdirlandi.

Tanlovda universitet professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari jamoasining 14 yoshgacha bo‘lgan farzandlari ishtirok etdi.

— Kelajagimiz davomchisi bo‘ladigan farzandlarimizning iqtidorini, aql-salohiyatini va barkamolligini ham maʼnan, ham jismonan yuksaltirish har birimizning burchimizdir, — deydi universitet kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Ilyos Xolboyev. — Tanlovimizga jamoadan 80ga yaqin ijodiy ish kelib tushdi. Bundan ko‘rinib turibdiki, nafaqat professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar, balki ularning farzandlarida ham qiziqish yuqori. O‘z farzandining yutug‘idan bugun hamkasblarimiz ko‘zida quvonchni ko‘rish qiyin emas edi. Bunday tanlovlarni yil davomida doimiy o‘tkazib borishni rejamizga kiritganmiz.

G’oliblarga esdalik sovg’alari va tashakkurnomalar taqdim etildi.

Telegram (https://t.me/tstu_online)|Facebook (https://www.facebook.com/tdtru.uz)|Web-sayt (http://manaviyat.tashiit.uz/)|Instagram (https://www.instagram.com/tdtu_sirius_media)|YouTube (https://youtube.com/channel/UCHsD0VuN4zSLRM5kD1Ex8eA)

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.