nazariya_va_amaliyot
qoshma_fakultet
✍️Nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash – oliy ta’lim samaradorligini oshirishning xalqaro tajribada sinalgan usullaridan biri.
Amaliy mashg‘ulotlarning har qanday turi malakali mutaxassislar tayyorlashning ajralmas qismi hisoblanadi. Shu munosabat bilan “Intellektual transport tizimlari” kafedrasi dotsenti Mohira Usmanova boshchiligida Qo‘shma fakultet 17B-21 guruh talabalari Toshkent shahrida joylashgan “Haydovchilarni tayyorlash markazi»ga tashrif buyurdilar.
Tashrif jarayonida talabalar haydovchilarning malakasini oshirish uchun tashkil etilgan shart-sharoitlar, innovatsion o‘qitish metodlari va dars o‘tishda qo‘llanilayotgan ko‘rgazmali stendlar bilan tanishib chiqdilar. Markaz xodimlari tomonidan talabalarni bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun barcha kerakli ma’lumotlar berildi.
Telegram (https://t.me/tstu_online)|Facebook (https://www.facebook.com/tdtru.uz)|Web-sayt (http://manaviyat.tashiit.uz/)|Instagram (https://www.instagram.com/tdtu_sirius_media)|YouTube (https://youtube.com/channel/UCHsD0VuN4zSLRM5kD1Ex8eA)