Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Yangi O’zbekistonning maʼnaviy taraqiyoti – barkamol avlodni tarbiyalash omili

Keyingi yillarda yurtimizda Yangi O’zbekistonni barpo etish, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek ezgu maqsadni izchil amalga oshirishga qaratilgan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi hozirgi davr talabi va taqozosi, jamiyatimizning harakatlantiruvchi kuchlari va rivojlanish omillarini belgilaydigan faoliyat dasturidir.

Mazkur strategiya bundan keyingi yillarda ham xalqimizga xos yaratuvchanlik shijoati va keng koʼlamli islohotlar davomiyligini taʼminlashning yaqqol ifodasidir.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 31-mart kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamkorligida “Yangi Oʼzbekistonning maʼnaviy taraqiyoti – barkamol avlodni tarbiyalash omili” mavzusida davra suhbati va maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati G. Xudoyarova internetga tobelik xulqi profilaktikasi, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Xalqaro hamkorlik va protokol sektori mudiri, falsafa fanlar doktori, professor Q. Nazarov taraqqiyot strategiyasi va barkamol avlodni tarbiyalashning dolzarb vazifalari xususida ma’ruza qildi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.