Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Professor-o‘qituvchilar Transport vazirligida Maqsud Shayxzodaga bag’ishlangan tadbirda ishtirok etdi

  • Home
  • Yangiliklar
  • Yangiliklar
  • Professor-o‘qituvchilar Transport vazirligida Maqsud Shayxzodaga bag’ishlangan tadbirda ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish hamda adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga binoan Toshkent davlat transport universiteti Maqsud Shayxzodaning ibratli hayoti va ijodini chuqur o‘rganish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha biriktirilgan bo‘lib, universitetning bir qator professor-o‘qituvchilari hamda talabalari tomonidan adib hayoti, ijodi va merosini o‘rganish, keng ommani xabardor qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 31-mart kuni Transport vazirligi markaziy apparati binosida Maqsud Shayxzodaning hayoti va ijodiga bag‘ishlab o‘tkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, iqtidorli talabalari ma’ruzalari bilan ishtirok etib keldilar.

Temir yo‘l transporti muhandisligi fakulteti tyutori M.D. Abdullayeva, 2-bosqich talabasi M. Melibayeva ikki buyuk xalq she’riyati choʻqqisini egallagan shoirlardan biri Maqsud Shayxzoda qalami o‘tkir, adabiyotning turli janrlarida barakali ijod qilgan dramaturg, olim, tarjimon va ajoyib pedagog sifatida ijod qilgani toʻgʻrisida taqdimot orqali batafsil tushuntirishlar berdi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.